15:00 / 09.06.2021
2 299

Superliganing 10ta, Pro Liganing 5ta klubi yil so‘ngida bosh murabbiysiz qoladi


5 iyuldan O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochiladi. PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev "Telegram"dagi kanali bu haqda post qoldirdi. Unda ayrim jamoalarning bosh murabbiy bilan shartnomasi  mavsum so‘ngida yakunlanishi haqida ham yozilgan.

"5 iyul kuni bizda yozgi transfer oynasi ochiladi. Jamoalar bunda hech bo‘lmasa 2022 yilni ko‘zlab futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkinmi?

Savolga javobni izlash uchun quyidagi faktni taqdim qilaman. Shu yil so‘ngida "Metallurg", "Paxtakor", "Surxon", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "So‘g‘diyona", "Qo‘qon-1912", "Nasaf", "Turon", "Andijon" kabi Superliga klublari hamda "Olimpik", "Yangiyer", "Dinamo", "Sho‘rtan", "Xorazm" kabi Pro liga klublari bosh murabbiysiz qoladi. "Oqtepa" va "Buxoro"da murabbiy masalasi chalkash.

Ya’ni, 23 ta professional klubning 17 tasida bosh murabbiy va rahbariyatning kelasi mavsum uchun rejasi deyarli mavhum. Bu esa katta ehtimol bilan yozgi transfer yurishlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Holat yuzasidan xulosa chiqarish uchun biz bilgan Yevropa klublari bu masalada qanday ishlashini o‘rganib chiqishning o‘zi kifoya", -deya yozib qoldirgan Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliganing 10ta, Pro Liganing 5ta klubi yil so‘ngida bosh murabbiysiz qoladi