16:39 / 09.06.2021
2 457

O‘zbekiston MTJ lagerida qanday yangiliklar bor?


O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman bilan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Biz ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan O‘FA matbuot kotibi Davron Fayziyev bilan bog‘landik.

"Bugun murabbiy va futbolchilar koronavirusga test topshirishdi. Qoidaga ko‘ra har 72 soatda test topshirish kerak. Kecha Singapur bilan o‘yinda to‘liq o‘ynagan futbolchilar individiual shug‘ullanishgandi. Bugun kechki payt terma jamoamiz a’zolari to‘liq tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazishadi. Jarohat olgan futbolchilar borasida shifokorimiz Abror Pirriyev to‘liq ma’lumot berib o‘tdilar", - deydi O‘FA matbuot kotibi Davron Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, Yaman - O‘zbekiston uchrashuvi 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ lagerida qanday yangiliklar bor?