17:17 / 17.06.2021
2 961

Vadim Abramov iste’foga chiqarildimi?


O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichida qolib ketdi. Ushbu tarixiy natija futbolimiz jamoatchiligiga qattiq ta’sir qildi.

Saudiyaga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Vadim Abramovga tanqid toshlari otildi. Taktika va tarkib borasidagi qarori keskin qoralandi.

O‘z navbatida ishqibozlar Abramovning qachon iste’foga chiqishi borasidagi murojatlar ko‘paydi. Internetda esa uning tez orada lavozimidan ozod etilishi borasidagi xabarlar tarqaldi.

Shuni aytishimiz mumkinki, Vadim Karlenovich O‘zbekiston milliy terma jamoasini qayta qo‘lga olganda, O‘FA bilan qancha muddatga bitim tuzgani borasidagi savolga javob bergandi. Ya’ni mutaxassis JCH saralash yakunigacha deb aytgan. Bellashuvlar biz uchun tugaganini va natija juda ham qoniqarsiz bo‘lganini inobatga olsak murabbiyning terma jamoada qiladigan ishlari qolmagan.

19 iyun kuni MOQda O‘FAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoaning JCH-2022 saralashidagi natijalari muhokama qilinadi va o‘zgarishlar ma’lum qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov iste’foga chiqarildimi?