14:34 / 18.07.2021
2 843

Allegri “Yuventus”ga boshqa yulduzni chaqirdi


“Yuventus” tarkibini shakllantirishga harakat qilayotgan Massimiliano Allegri yaqinda PSJ hujumchisi Mauro Ikardiga bog‘landi. Italiyalik mutaxassis argentinalik hujumchi o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanini aytgan.

Mauro Ikardi faoliyatining katta qismini A Seriyada o‘tkazgan. Bir necha mavsum “Inter”da to‘p tepgan futbolchi 2019 yili PSJga ijaraga berilgandi. Keyinchalik parijliklar uning o‘yinidan mamnun bo‘lib, transferini to‘liq sotib oldi.

28 yoshli Mauro Ikardining transferi 40 million yevroga baholanmoqda. Biroq, PSJ uni Italiya klublaridan biriga transfer qiladigan bo‘lsa, kelishuvga ko‘ra, “Inter” hisob raqamiga yana 15 million yevro o‘tkazib berishiga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri “Yuventus”ga boshqa yulduzni chaqirdi