Xabaringiz bor, 12 sentabr kuni Pro ligada 18-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ayni vaqtga kelib Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashuvchi 4 ta jamoa alohida ajralib chiqdi. Bular – “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro” va “Olimpik”. Shuningdek, “Xorazm”, “Yangiyer”, “Aral Samali” hamda “Sho‘rtan” jamoalarining quyi to‘rtlikdan joy olishi oydinlashdi.
“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamenti”ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda ko‘rsatib o‘tilganidek, 18-turdan so‘ng jadval teng ikki qismga bo‘linadi (ikki klub musobaqani muddatidan avval tark etgani inobatga olingan holda). Bunda yuqori to‘rtlik, ya’ni “A” kvarteti Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi hamda har bir klub o‘zaro yana 3 ta uy va 3 ta safar — jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi. O‘z navbatida quyi to‘rtlik, ya’ni “B” kvartetidan o‘rin egallagan har bir klub ham o‘zaro xuddi shu tartibda jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushadi.
Bugun Futbol TV studiyasida Pro liga II bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash jarayonini soat 19:20dan boshlab jonli efirda tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Pro liganing mavsum oxiriga qadar bo‘lgan taqvimi bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin. II bosqichi o‘yinlari ketma-ketligi esa ertaga umumlashtirilgan holda O‘zPFL rasmiy saytida e’lon qilinadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi