20:20 / 23.09.2021
2 520

Gandbolchi qizlarimiz Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

Gandbolchi qizlarimiz Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Iordaniyada o‘tkazilayotgan gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan xushxabar.O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun o‘tkazilayotgan bosqichda mezbon - Iordaniyani mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan bellashuvda qizlarimiz 34:26 hisobida g‘alabaga erishdi.

Ta’kidlash joiz, bu g‘alaba jamoamizning kuchli oltilikka kirishini ta’minladi. Reglamentga ko‘ra, qit’a birinchiligida 1-6-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar shu yil Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Bu bilan O‘zbekiston ayollar gandbol jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor mundialda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gandbolchi qizlarimiz Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!