Futzal bo‘yicha Litvadagi jahon chempionatida qatnashgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ajoyib o‘yinlar namoyish etib, o‘z tarixida ilk bor guruh bosqichidan chiqdi, dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Oxirgi bellashuvda esa sal qolsa Eronni taslim etishi mumkin edi. Ammo yakunda vakillarimizga futboldagi kabi qo‘shimcha vaqtlar yetishmadi.
Futzalchilarimizning mana shu qahramonliklari tufayli futbolchilarga nisbatan e’tirozlar yanada ko‘paydi. Ko‘pchilik futboldagi pullar, e’tibor va sharoit futzalga qaratilishi kerak, degan fikrlarni ilgari surdi.
Shu o‘rinda biz ham taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidovga futzal termasining futbol termasidan ustunligi borasida savol bilan murojaaat qildik. Bunga esa Xayrulla Hamidov quyidagicha javob qaytardi.
- Futzal sport turi o‘laroq futbolga qaraganda osonroq. Ya’ni yakkakurashchilarni chiqarish osonku. Bir bokschini ustida ishlasa, bitta iste’dod olib chiqadi. Lekin Odil Ahmedov futbol o‘ynab turib Olimpiada g‘olibi bo‘la olmaydi, xohlasa-da. Messi va Ronaldu qanday futbolchi bo‘lsa ham jahon chempioni bo‘la olmaydi. Chunki futbol tizimga bog‘liq. Futbol kattaroq hajmda. Har bitta chiziqqa yaxshi futbolchi yetishtirib chiqarish uchun mamlakat katta salohiyatga ega bo‘lishi lozim. Ispaniya, Italiya, Germaniya bunga misol. Musobaqalarda bu davlatlar chempion bo‘lmasa ham favorit hisoblanadi.
Shu tomondan futzalni karantin payti ham o‘tkazish osonroq bo‘ldi, barchani bir joyga olib kelib. Mutasaddilar futbolda qiynalib ketishdi. Futbolda odam ko‘p, katta karvon.
Bunda bizning bugungi salohiyatimizni bitta Eldor Shomurodovni, bitta Odil Ahmedovni, bitta Ignatiy Nesterovni, bitta Anzur Ismoilovni yetishtirib berishi mumkin, bo‘ldi. Bu hozirgi maksimumimiz. Boshqa davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, “Tottenxem” - “Chelsi” uchrashuvida “shporlar”ning 3-4 ta muhim futbolchisi o‘ynamagandi, jamoaning hamma joyi ilma-teshik bo‘lib ketdi. Shunda “aristokratlar”ning barcha pozitsiyalari to‘laligi uchun “Chelsi”ni qudratli davlat sifatida ko‘rdim.
Ko‘pincha, taksida yurganimizda aytishadi, O‘zbekistonda 11 ta bola chiqmaydimi? deb. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Har bir chiziqqa futbolchi yetib kelguncha qancha pozitsiyalarni bosib keladi? Shu bois futbolni og‘ir jarayon deb o‘ylayman.
Motivatsiya manosida futbolga futzaldan o‘rnak ol, deymiz. Lekin futzal futbol va yakkakurashchilarning o‘rtasida. Futzalni shakllantirish osonroq. Odam kam bo‘lganidan keyin sarf-harajatlari ham kamroq, - dedi Xayrulla Hamidov.
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi