date

Abduqodir Husanov: “Siti” himoyasida yangi davr boshlanmoqda

Abduqodir Husanov: “Siti” himoyasida yangi davr boshlanmoqda

O‘tgan mavsumning birinchi yarmida yuz bergan jiddiy inqiroz tufayli “Manchester Siti” uzoq to‘rt yillik chempionlik seriyasini “Liverpul”ga boy berdi. Bu Premer-liga tryufellari uchun kurashda katta zarba bo‘ldi va Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa mavsumni birorta yirik sovrinsiz yakunladi. Bu holat klub atrofida turli savol va munozaralarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

Pep Gvardiola esa vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lini tarkibda yangilanish va yoshartirish jarayonini boshlashda ko‘rdi. Ana shu maqsadda “Siti”ning yozgi transferlaridan eng kattalaridan biri – Abduqodir Husanovning kelishidir.

Yosh o‘zbek markaziy himoyachisining “Lans” klubidan 40 million yevroga olib kelingani Angliya futbolida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, transfer haqida shubhali fikr bildirganlar orasida sobiq ingliz yulduzi va hozirgi taniqli futbol sharhlovchisi Gari Nevill ham bor edi. Uning ta’kidlashicha, Husanov va jamoaga qo‘shilgan yana bir futbolchi – Gonsales Pep Gvardiola tizimiga moslashishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin edi.

Yangi mavsum arafasida manchestercity.news portali “Manchester Siti”ning umumiy tayyorgarligi va ayniqsa, Abduqodir Husanov oldida turgan katta sinovlar haqida tahliliy maqola e’lon qildi. Unda shunday deyiladi:

— 2025-2026 yilgi mavsum “Siti” uchun tanqidchilarning o‘tkir fikrlarini rad etish, o‘z qudratini yana bir bor namoyon qilish va Pep Gvardiola uchun “Liverpul”dan Premer-liga taxtini qaytarib olish mavsumi bo‘ladi. Ispan mutaxassis bundan tashqari, yana Angliya futbolidagi eng nufuzli va iqtidorli murabbiy sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Jamoadagi tajribali yetakchilardan Bernardu Silva yaqinda 31 yoshga to‘ldi va hali ham maydonda faol harakatlari bilan yoshi katta futbolchilar jamoa rivojiga to‘siq bo‘lmasligini isbotlamoqda. Shuningdek, 30 yoshdan oshgan boshqa o‘yinchilar ham yangi mavsumda yuqori saviyada o‘ynash niyatida. Fil Foden esa o‘tgan mavsumdagi tanqidlardan keyin o‘z o‘yinini qayta tiklash ustida ishlayapti.

Shubhasiz, o‘tgan mavsumdagi salbiy baholarga javob berish uchun kurashadigan futbolchilar orasida Abduqodir Husanov alohida o‘rin tutadi. Gari Nevillning bashoratiga qaramasdan, u allaqachon o‘tgan mavsumda “Liverpul”, “Real Madrid”, “Nyukasl” va “Tottenhem”ga qarshi muhim bahslarda asosiy tarkibda o‘ynadi va “Siti” himoyasida eng ishonchli futbolchilardan biriga aylandi.

Husanov tezkorligi, jismoniy baquvvatligi, pozitsiyani to‘g‘ri tanlash qobiliyati va xavfli qarshi hujumlarni to‘xtatish mahorati bilan ajralib turadi. 21 yoshli himoyachi yaqin yillarda jamoaning asosiy ustuniga aylanishi mumkinligi shubhasiz.

Pep Gvardiola ham yaqinda “Palermo”ga qarshi bahsdan so‘ng yosh o‘zbek himoyachisini alohida maqtab: “Husanov bugun o‘z salohiyatini ko‘rsatdi. U men ko‘rgan eng tezkor futbolchilardan biri”, — deb ta’kidladi.

O‘tgan mavsumda himoyadagi xatolar “Siti”ga chempionlik poygasida qimmatga tushgan edi. Agar Abduqodir Husanov yangi mavsumda himoyaga yuqori daraja olib kirsa va klubni yana chempionlikka yetaklasa, Gari Nevill o‘z tanqidlari uchun albatta afsuslanadi.

Husanov haqiqiy markaziy himoyachiga xos barcha jihatlarga ega: tezlik, kuchli pozitsion fikrlash, jismoniy quvvat va to‘p bilan ishlash mahoratm. Eng muhimi, Pep Gvardiola unga ishonadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov: “Siti” himoyasida yangi davr boshlanmoqda