date

Xitoyda 75 yoshli erkak AI muhabbati sabab ajrashmoqchi bo‘ldi

Xitoyda 75 yoshli erkak AI muhabbati sabab ajrashmoqchi bo‘ldi

Xitoyda kutilmagan voqea yuz berdi: 75 yoshli nafaqaxo‘r sun’iy intellekt yaratgan qiz obraziga oshiq bo‘lib, haqiqiy turmush o‘rtog‘idan ajralishni talab qildi. Bu haqda Pravilamag xabar berdi.

Jiang ismli erkak ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib turganida ayol avatariga duch kelgan. Uning soxta surat ekanini anglamagan va suhbatni odatiy tarzda boshlagan. Hatto muloqot vaqtida lablar va nutq mos kelmagani ham unga g‘alati tuyulmagan.

Oradan ko‘p o‘tmay, virtual qiz bilan suhbat nafaqaxo‘rning kundalik mashg‘ulotiga aylangan. U soatlab telefon qarshisida o‘tirib, undan yangi xabar kutadigan darajaga yetgan. Bir kuni esa telefonga haddan tashqari qaramligi tufayli xotini bilan janjallashib, virtual sevgilisi uchun ajrashishga qaror qilgan.

Ammo vaziyatga aralashgan farzandlari Jiangni bu qiz aslida mavjud emasligiga ishontira olishdi. Ular unga o‘zi muloqot qilgan “sevgilisi” oddiy neyron tarmoq mahsuli ekanini tushuntirishdi.

Qayd etilishicha, bu ilk holat emas. Sun’iy intellekt sabab munosabatlarning buzilishi boshqa mamlakatlarda ham qayd etilgan. Masalan, AQShda bir ayol 20 yillik turmushidan keyin ChatGPT bilan “aloqasi” tufayli eridan ajrashgan. Yana bir erkak esa may oyida, oilasi bo‘lishiga qaramay, neyrotarmoq “hamrohini” nikohga taklif qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 75 yoshli erkak AI muhabbati sabab ajrashmoqchi bo‘ldi