date

Telegram sovg‘alari 3 daqiqada rekord daromad keltirdi

Telegram sovg‘alari 3 daqiqada rekord daromad keltirdi

Telegram o‘zining 12 yilligi munosabati bilan chiqarilgan maxsus sovg‘alar rekord daromad keltirdi. Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, messenjer atigi uch daqiqa ichida 11 million dollar (taxminan 878 million rubl) ishlab oldi, deb xabar bermoqda Pravilamag.

Bayram munosabati bilan foydalanuvchilar uchun 965 mingta cheklangan sovg‘a taqdim etildi. Ulardan Durovning quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklari, Resistance Dog (REDO) itlari, shuningdek, sörf taxtalari, qum qal’alari va kokoslar joy oldi.

Eng qimmat sovg‘alardan bo‘lgan “qarshilik itlari” 15 soniya ichida sotib tugatildi. Ularning narxi bir necha soat ichida 75 dollardan (6 ming rubl atrofida) 240–270 dollargacha (19–21 ming rubl) oshib ketdi.

Shuningdek, Telegram 1 sentabr kuni yangi sovg‘alar ham chiqarilishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Durov avvalroq Taker Karlsonga bergan intervyusida kompaniya foydalanuvchilar ma’lumotlarini uchinchi tomonlarga sotmasligi uchun turli monetizatsiya usullarini joriy etishini aytgandi. Unga ko‘ra, 2024 yilda Telegram daromadi 1 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram sovg‘alari 3 daqiqada rekord daromad keltirdi