date

Eng yuqori maosh to‘lanadigan besh yo‘nalish aniqlandi

Eng yuqori maosh to‘lanadigan besh yo‘nalish aniqlandi

Rossiyada o‘rtacha oylik maosh o‘sishda davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil may oyida bu ko‘rsatkich 99,4 ming rublni tashkil etdi — o‘tgan yilga nisbatan 14,5% ko‘p. Biroq ayrim sohalarda ish haqi bu raqamdan ikki-uch baravar yuqori, deb yozmoqda Peopletalk.

Maosh bo‘yicha yetakchi 5 soha:

  • Truboprovod transporti — 316,7 ming rubl.

  • Neft va gaz qazib chiqarish — 225,9 ming rubl.

  • Baliqchilik va baliq yetishtirish — 209,7 ming rubl.

  • Havo va kosmik transport — 201,4 ming rubl.

  • Ishlab chiqarish va maxsus texnika operatorlari — yuqori daromadli yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan.

Muttaxassislar bu sohalardagi yuqori maoshni ularning strategik ahamiyati, eksport salohiyati va yuqori malakali kadrlar talab etilishi bilan izohlaydi. Shu bilan birga, umumiy o‘rtacha maosh bilan solishtirganda farq sezilarli darajada katta.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng yuqori maosh to‘lanadigan besh yo‘nalish aniqlandi