19:24 / 17.10.2021
1 734

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Gruziya bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Gruziya bilan o‘ynaydi
8-16 noyabr xalqaro taqvimda FIFA kunlari sifatida qayd etib qo‘yilgan. Mana shu muddatda Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi yig‘in o‘tkazadi. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoamiz noyabr oyida Gruziyaga safar qiladi va ushbu davlat milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, bu ikki terma jamoa 2017 yil o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishgan. Dubayda kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan va Eldor Shomurodov dublga erishgandi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik mashhur futbolchi Villi Sanol boshchiligidagi Gruziya terma jamoasi 11 noyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Batumi shahrida Shvetsiya bilan o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Gruziya bilan o‘ynaydi