2 172
O‘FAda tashkil etilgan murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qanday masalalar ko‘rildi?
Bugun O‘FAda murabbiylar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda qator masalalar muhokama qilindi. Bu borada O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Kun tartibida "O‘zbekiston chempionati-2022" musobaqalari reglamentiga Superliga futbolchilarining mavsum boshlanishidan oldin jismoniy tayyorgarligi masalasida testlarini joriy etish, chempionat klublarida mashg‘ulotlar jarayonini boshqarishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini pastdan, ya’ni futbol akademiyalari va maktablaridan boshlab tizimli ravishda amalga oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur yo‘nalishga tibbiy va ilmiy nuqtai nazardan yondashish kerakligini aytdi.
“Zamonaviy texnologiyalarga tayangan holda, yurtimizning iqlimiga mos keladigan jismoniy tayyorgarlik test sinovlari uchun dastur ishlab chiqiladi. Ushbu dastur 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir futbolchining jismoniy ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich o‘sishiga xizmat qiladi", - dedi Ravshan Ermatov.
Yig‘ilish davomida turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizning bosh murabbiylari – Timur Kapadze, Ravshan Haydarov va Server Jeparov, shuningdek, tajribali mutaxassislar Mirjalol Qosimov hamda Ro‘ziqul Berdiyevning bir qator masalalar yuzasidan fikrlari tinglandi. Xususan, jismoniy tayyorgarlik testlarining joriy etilishi barcha jamoalar va murabbiylar uchun faqat foyda keltirilishi, bunday tahlil zamonaviy futbol talablariga javob berishi va xalqaro standart ekani e’tirof etildi. Bu jarayon, o‘z navbatida, futbolchilarga mas’uliyat yuklashi, buning natijasida ular mashg‘ulot va o‘yinlarda borini berib harakat qilishlari mumkinligi qayd etildi.
Murabbiylar o‘z qo‘l ostidagi futbolchilarni terma jamoada o‘ynashga jismonan va ruhan tayyor bo‘lishlari uchun doimiy ravishda bu kabi nazorat-tahlillarni olib borishi kerakligi aytildi va futbolchilar uchun zarur normativ-ko‘rsatkichlar ishlab chiqilishi ma’qullandi.
Ushbu testlarni o‘tkazish sanalariga va normativlarga aniqlik kiritildi va qabul qilingan qarorlarni uzluksiz bajarish maqsadida O‘FA qoshida futbolchilarning jismoniy holatini tekshirish hamda har bir yoshdagi jamoalar murabbiylarini qayta attestatsiya qilish uchun maxsus komissiyalar tashkil etilishi belgilandi", - deyiladi matbuot xizmatining xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi