Yaponiyaning Tiba shahri poytaxt Tokiodan 40 km uzoqlikda joylashgan. Hozirda million kishi yashaydigan bu shaharda yangi uylar faol ravishda qurilmoqda. Bor-yo‘g‘i ikki yildan keyin bu erga 10 mingdan ko‘proq kishi joylashadi, ular uchun dronlar uchun qo‘nish joyi bilan jihozlangan baland binolar qurilmoqda. Uylar dronlar qo‘nish joylaridan tashqari, havoda harakatlanishning nozik tomonlariga o‘rgatuvchi xodimlar va kerakli qurilmalar bilan jihozlanadi. Dronlar bilan ishlay oladigan operatorlarni tegishli ravishda tayyorlash uchun mahalliy ta’lim muassasalarida yangi ixtisoslikka talabalar qabul qilinmoqda.
Tiba meri dronlar yordamida mahsulotlarni etkazish keksa yoshli odamlar uchun yaxshi echim bo‘lishi mumkinligi aytmoqda. Ulardan ko‘pchiligi o‘zlari do‘konlarga borishga qiynaladilar, yengil va tezkor dron esa kerakli mahsulotlar, dori-darmon va buyumlarni to‘g‘ri qariyalarning uylariga etkazib berishi mumkin, deb xabar bermoqda Seeker.
Hammasi bo‘lib birinchi partiyada 200 ga yaqin dron ishlaydi. Ular shahar uzra uchib, odamlarga jo‘natmalar va xaridlarni etkazib berishadi. Shahar ma’muriyatining ta’kidlashicha, dronlarni qo‘llash transport tizimiga tushadigan yuklamani 40 foizga yengillashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, Tiba meri yangi tumanga sayyohlarni jalb qilmoqchi, axir Yaponiyadagi Olimpiadaga ham yaqin qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda