date

GTA VI yana kechiktirildi

GTA VI yana kechiktirildi
Rockstar Games o'yin studiyasi GTA VI kompyuter o'yini relizining yana bir bor kechiktirilganini ma'lum qildi. Endi o'yin 2026-yilning 19-noyabrida chiqishi kutilmoqda.

"Uzoq davom etgan kutish vaqtiga yana ozgina qo'shimcha vaqt qo'shayotganimiz uchun uzr so'raymiz. Ammo bu qo'shimcha oylar bizga o'yinni siz xohlagan va munosib bo'lgan sifat darajasiga olib chiqishga imkon beradi", — deyiladi Rockstar Games bayonotida.

Dastlab o'yin kuz faslida chiqarilishi rejalashtirilgan edi, keyinchalik esa reliz may oyiga ko'chirilgan edi. GTA VI o'yini PS5 va Xbox Series X|S konsollarida chiqadi.

Yangi o'yinning bosh qahramonlari — Jason va Lusiya bo'lib, ular Vays-Siti shahridagi jinoyat olamiga aralashib qolishadi. GTA seriyasining avvalgi o'yini GTA V 2024-yil dekabr holatiga ko'ra, 205 milliondan ortiq nusxada sotilgan va ishlab chiqaruvchilarga 9 milliard dollar daromad keltirgan.

Bu o'yin dastlab 2013-yilda konsollar uchun, 2014-yilda esa boshqa platformalar uchun chiqarilgan edi. GTA V hikoyasi San-Andreas shtati aholisi — Franklin, Maykl va Trevor atrofida rivojlanadi.

Ular birgalikda qator xavfli talonchiliklarni amalga oshiradi va shu bilan birga shaxsiy muammolarini hal qilishga harakat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » GTA VI yana kechiktirildi