date

Telefondan eng kam foydalanadigan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Telefondan eng kam foydalanadigan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

2024-yilda Yaponiyada aholi bir kunda o‘rtacha 1 soat 47 daqiqa vaqtni smartfonlariga sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich dunyodagi eng yaxshi natija sifatida baholanadi. Bu haqda “Exploding topics” tomonidan e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilingan.

Ushbu hisobotga ko‘ra, global miqyosda insonlar har kuni o‘rtacha 4 soat 37 daqiqa vaqtini telefonga sarflaydi. Shuningdek, har bir shaxs kuniga o‘rtacha 58 marta qurilmasini tekshiradi. Ganaliklar esa har kuni smartfonlarida eng ko‘p vaqt — 5 soat 43 daqiqa — sarflaydi. Yaponiyaliklar esa telefondan foydalanishda dunyo o‘rtachasining yarmi hamdan kamroq vaqt — 1 soat 47 daqiqa — sarflash bilan ajralib turadi. Shuningdek, Z-avlod vakillari sanaladigan har to‘rt kishidan uch nafari telefonlarida ortiqcha vaqt o‘tkazishini ochiqcha tan oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, inson har kuni telefon ekraniga o‘rtacha 4 soat 37 daqiqa vaqt ajratadi. Bu haftasiga bir kundan ortiq, oyiga esa taxminan 6 kunni tashkil etadi. Bir yil davomida esa bu taxminan 70 kun smartfon ekraniga qarab o‘tkaziladi degani.

Ish kunlarida smartfondan foydalanish dam olish kunlariga nisbatan ancha ko‘proq. Kun davomida har bir kishi telefonini o‘rtacha 58 marta tekshiradi. Bu tekshiruvlarning qariyb 52 foizi (ya’ni 30 marta) ish soatlariga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, telefonni qo‘lga olish odat tusiga kirishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, barcha ekran sessiyalarining yarmi so‘nggi foydalanishdan atigi 3 daqiqa o‘tmasdan boshlanadi. Kun davomida har safar smartfon qo‘lga olinganda, odamlar o‘rtacha 1 daqiqa 15 soniya vaqt sarflaydi.

Ushbu reytingda dunyoning turli mintaqalaridan 53 ta davlat joy olgan. Xususan, Janubiy Amerika mintaqasidagi 4 davlat “eng ko‘p vaqt sarflovchilar” qatorida birinchi o‘ntalikka kirgan. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyodagi 3 mamlakat ham kuchli o‘nlikda joy olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari esa, shu jumladan O‘zbekiston, bu reytingda ishtirok etmagan.

 

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telefondan eng kam foydalanadigan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi