Apple korporatsiyasi navbatdagi yirik anjumani sanasini oshkor qildi. Tadbir 9 sentyabr kuni kompaniyaning Kaliforniyadagi Apple Park qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Bu safargi marosim “Awe dropping” (“Hayratga soluvchi”) shiori ostida o‘tkaziladi. Taklifnomada esa infraqizil uslubda ishlangan Apple logotipi joy olgan.
Asosiy yangilik sifatida iPhone 17 turkumi smartfonlari namoyish etilishi kutilmoqda. Unga asosiy modeldan tashqari 17 Pro, 17 Pro Max va 17 Air versiyalari ham kiradi.
Shuningdek, kompaniyadan boshqa qurilmalar va xizmatlarda ham yangilanishlar taqdim etilishi ehtimol qilinmoqda. Jumladan, yangi avlod soatlari va quloqchinlari ham tadbir doirasida e’lon qilinishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar