Spotify kompaniyasi yuqori sifatdagi — lossless formatda musiqa tinglash imkoniyatini nihoyat ishga tushirmoqda, deb TechCrunch xabar berdi. Kompaniyaning “HiFi” deb nomlangan yangi xizmati 2025 yil oxiriga qadar foydalanuvchilarga taqdim etilishi kutilmoqda.
Lossless, ya’ni sifat yo‘qotmasdan yozilgan musiqa formatlari orqali foydalanuvchilar studiya yozuviga yaqin, CD sifatidagi audio eshitish imkoniga ega bo‘ladi. Bu xizmat uchun alohida obuna — “Supremium” yoki shunga o‘xshash yangi tarif joriy qilinishi mumkin.
Boshqa striming xizmatlar — Apple Music, Amazon Music va Tidal — bu funksiyani ancha oldin joriy etgan edi. Spotify esa bu imkoniyatni kechiktirgani uchun tanqid qilingan. Endi esa kompaniya bu funksiyani ommaviy ravishda ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!