Apple kompaniyasi iOS 26, iPadOS 26, macOS 26 Tahoe, watchOS 26 va tvOS 26 operatsion tizimlarining final versiyalari 15-sentabr kuni chiqarilishini e’lon qildi. Bu haqda Rozetked xabar berdi.
Yangi tizimlar Liquid Glass nomli zamonaviy dizayn asosida yaratilgan — oynavand silliqlik, yumshoq animatsiyalar va ilovalar orasida intuitiv o‘tishlar asosiy e’tiborni tortadi.
Quyidagi qurilmalar yangilanishni oladi:
iOS 26:
- iPhone 17, Air, Pro, Pro Max
- iPhone 16 seriyasi (to‘liq)
- iPhone 15, 14, 13, 12 (jumladan mini, Pro, Pro Max)
- iPhone 11 va iPhone SE (2-avlod va undan yangi)
iPadOS 26:
- iPad Pro 11" — 1-avloddan boshlab
- iPad Pro 12.9" — 3-avlod va yangi
- iPad Pro 13"
- iPad Air — 3-avloddan
- iPad mini — 5-avlod va yangi
- iPad — 8-avlod va yangi
macOS 26 Tahoe:
- MacBook Air — 2020-yildan boshlab
- MacBook Pro — 2019-yildan boshlab
- iMac — 2020-yil va yangi
- Mac mini, Mac Studio — 2020-yildan boshlab
- Mac Pro — 2019 va keyingi versiyalar
watchOS 26:
- Apple Watch Series 6 va keyingi modellari
- Apple Watch Ultra
- Apple Watch SE (2-avlod va yangi)
Apple yangi tizimlarda ham zamonaviylik, ham barqarorlikka urg‘u bermoqda. Siz qaysi qurilmangizga yangilanish kutyapsiz?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar