date

iPhone 17 Pro va Pro Max taqdim etildi

iPhone 17 Pro va Pro Max taqdim etildi

Apple sentabr oyidagi taqdimotida o‘zining yangi flagman smartfonlarini — iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max’ni namoyish qildi. Bu haqda Rozetked xabar berdi. Ular nafaqat ichki quvvat, balki tashqi ko‘rinish bo‘yicha ham sezilarli o‘zgarishlar bilan keldi.

Eng katta vizual yangilik — orqa kamera podi butun korpus enini egallaydi. Sensorlar joylashuvi o‘zgarmagan, lekin LiDAR va chaqnoq endi qarama-qarshi tomonda joylashgan.

Apple ushbu modellar uchun titan o‘rniga alyuminiy korpusga qaytdi. Alyuminiy issiqlikni 20 barobar samarali tarqatadi. Korpus to‘liq metall, simsiz quvvat olish uchun orqa qismda Ceramic Shield oynali maydon mavjud.

Old panelda — yangi Ceramic Shield 2, u uch barobar mustahkamroq. Yana bir yangilik — yorug‘likni aks ettirmaydigan qoplama.

Ichki quvvatga keladigan bo‘lsak, yangi Apple A19 Pro chipi — 6 yadroli CPU va 6 yadroli GPU, ikkinchi avlod Dynamic Caching texnologiyasi bilan. Apple'ga ko‘ra, uzoq vazifalarda ishlashda 40% tezroq.

Birinchi marta Pro modellar bug‘ kamerali sovitish tizimi bilan ta’minlandi. Alyuminiy korpus bu tizimga yordam beradi.

Kamera tizimi endi to‘liq 48 MP: asosiy, ultra keng va telefotokamera. Telefoto endi 8x optik zoom, shuningdek 4x rejimi va 3D stabilizatsiya bilan. Old kamera — 18 MP, Center Stage bilan.

ProRes RAW formatida video yozish imkoniyati ham qo‘shilgan — bu videomontaj ustalari uchun yaxshi yangilik.

Avtonomiya:

  • iPhone 17 Pro — 33 soat video ko‘rish
  • iPhone 17 Pro Max — 39 soat
  • Zaryad — 0 dan 50% gacha 20 daqiqada.

Narxlar:

  • iPhone 17 Pro — 1099 dollar
  • iPhone 17 Pro Max — 1199 dollar

Savdo 19-sentabrdan boshlanadi, ranglar: Silver, Deep Blue, Cosmic Orange. Yangi TechWoven g‘iloflar va Crossbody Strap ham taqdim etildi.

Sizningcha, Apple bu safar haqiqatdan “Pro” darajasiga chiqdimi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 17 Pro va Pro Max taqdim etildi