date

MAX messenjeri 1 sentabrdan smartfonlarga majburiy o‘rnatiladi

MAX messenjeri 1 sentabrdan smartfonlarga majburiy o‘rnatiladi

1 sentabrdan boshlab MAX messenjeri elektron qurilmalarga oldindan o‘rnatilishi shart bo‘lgan dasturlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. Bu haqdagi qarorga bosh vazir Mixail Mishustin imzo chekdi, deb Pravilamag xabar berdi.

Yangi qoidaga ko‘ra, MAX 2023 yilda majburiy dasturlar ichida bo‘lgan “VK Messenger” o‘rnini egallaydi.

Shuningdek, shu sanadan boshlab iOS va HyperOS tizimlariga ham RuStore ilovasini o‘rnatish majburiy bo‘ladi. Avval bu do‘kon faqat Android va HarmonyOS qurilmalarida mavjud edi.

MAX messenjeri kelajakda “Gosuslugi” portali va “Sferum” ta’lim platformasi bilan integratsiya qilinishi rejalashtirilgan. U oddiy messenjer bo‘lish bilan birga, Xitoydagi WeChat singari davlat xizmatlari bilan onlayn muloqot qilish vositasiga aylanishi kutilmoqda.

Ilovaning rasmiy taqdimoti kuzda bo‘lib o‘tadi. Biroq, MAX allaqachon faol: foydalanuvchilar unda yozishmalar olib borishi, qo‘ng‘iroq qilishi, ovozli xabar va fayllar almashishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » MAX messenjeri 1 sentabrdan smartfonlarga majburiy o‘rnatiladi