date

O‘zbekistonda iPhone 17 ning narxi qancha bo‘ladi?

O‘zbekistonda iPhone 17 ning narxi qancha bo‘ladi?

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17 smartfonini taqdim etdi, deb Kursiv.uz xabar berdi. Nashr muxbiri Toshkentdagi "Malika" bozorida sotuvchilar bilan suhbatlashib, yangi modellar uchun taklif etilayotgan taxminiy narxlarni aniqladi.

Sotuvchilarning ma’lum qilishicha, iPhone 17 smartfonlari O‘zbekistonda 23 sentyabrdan savdoga chiqariladi. Barcha modellarning narxi xotira hajmi va funksiyalariga qarab farqlanadi.

Taxminiy narxlar (1 dollar = 12 500 so‘m):

  • iPhone 17 (256 GB) — $1300 (~16 250 000 so‘m)

  • iPhone 17 (512 GB) — $1500 (~18 750 000 so‘m)

  • iPhone Air 17 (256 GB) — $1760 (~22 000 000 so‘m)

  • iPhone Air 17 (512 GB) — $1900 (~23 750 000 so‘m)

  • iPhone Air 17 (1 TB) — $2100 (~26 250 000 so‘m)

  • iPhone 17 Pro (256 GB) — $1900 (~23 750 000 so‘m)

  • iPhone 17 Pro (512 GB) — $2200 (~27 500 000 so‘m)

  • iPhone 17 Pro (1 TB) — $2700 (~33 750 000 so‘m)

  • iPhone 17 Pro Max (256 GB) — $2350 (~29 375 000 so‘m)

  • iPhone 17 Pro Max (512 GB) — $2780 (~34 750 000 so‘m)

  • iPhone 17 Pro Max (1 TB) — $3390 (~42 375 000 so‘m)

  • iPhone 17 Pro Max (2 TB) — $4000 (~50 000 000 so‘m)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda iPhone 17 ning narxi qancha bo‘ladi?