Nigeriyada hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli kasallik — Lassa isitmasi bilan bog‘liq vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. Mamlakat Kasalliklarni nazorat qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan beri ushbu virus tufayli 162 nafar inson vafot etgan. Bu raqam epidemiyaning qanchalik xavfli tus olayotganini ko‘rsatib turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Lassa isitmasi bugungi kunda Nigeriyaning 21 ta shtatida, jumladan poytaxt Abujada ham qayd etilgan. Faqatgina 25–31 avgust kunlari davomida 10 ta yangi holat aniqlangan. Joriy yilning 1 yanvarida boshlab 31 avgustgacha bo‘lgan davrda kasallanganlar soni jami 871 nafarga yetgani qayd etilmoqda.
Markaz mutasaddilarining ta’kidlashicha, o‘tgan yilning o‘zida Lassa isitmasi mamlakatda 190 nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan. Bu esa virusning yildan-yilga tarqalish ko‘lami kengayib, o‘lim holatlari ko‘payib borayotganidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, Nigeriya hukumati 2019 yilning 23 yanvar kuni ushbu infeksiyaning keng tarqalishi tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan edi. Shundan buyon davlat salohiyatli choralar ko‘rib kelmoqda, ammo virusga qarshi to‘liq g‘alaba qozonish hali ham qiyin kechmoqda.
Lassa isitmasi kemiruvchilar orqali odamlarga yuqadigan virusli kasallik hisoblanadi. Uning belgilari orasida baland harorat, ichki qon ketishi, zaiflik, bosh og‘rig‘i va jigar hamda buyrak faoliyatining buzilishi bor. Mutaxassislar virusning xavfi shundaki, uning dastlabki belgilari ko‘pgina boshqa kasalliklar simptomlariga o‘xshash bo‘lib, tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘diradi.
Nigeriyada hayvonlardan yuqadigan Lassa isitmasidan vafot etganlar soni oshib bormoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar