date

Yangi iPhone 17 qanday sinovdan o‘ta olmadi?

Yangi iPhone 17 qanday sinovdan o‘ta olmadi?

Yevropa Ittifoqida joriy etilgan yangi majburiy chidamlilik sinovlari Applening eng so‘nggi flagmani — iPhone 17'da jiddiy kamchiliklarni ochib berdi. Xususan, qurilmaning batareyasi sezilarli darajada yaxshilanganiga qaramay, uning yiqilish va tashqi ta’sirlarga chidamlilik ko‘rsatkichi raqobatchi brendlardan past ekani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda GSMArena.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida joriy qilingan maxsus markalash tizimi har bir elektron qurilmaga chidamlilik va ta’mirlanuvchanlik darajasini belgilaydi. Unga ko‘ra, standartlashtirilgan turli sinovlardan o‘tkazilgan iPhone 17 Pro Max B sinfiga tenglashtirildi. Bu degani, qurilma atiga 180 marta yiqilishga bardosh berishi mumkin. Solishtirish uchun, o‘tgan yilgi iPhone 16 Pro Max C sinfiga kiritilib, 90 tomchigagina chidamli deb topilgan edi. Yangi modelda ko‘rsatkich ikki barobarga o‘sgan bo‘lsa-da, u hali ham yetakchi raqobatchilardan ortda qolmoqda.

Masalan, Samsung Galaxy S25 Ultra va Google Pixel 10 Pro XL kabi so‘nggi flagman smartfonlar 270 marta yiqilishga bardosh bergani uchun eng yuqori A toifasiga kiritildi. Bu esa Apple smartfonlari kundalik foydalanishda ko‘proq shikastlanish ehtimoliga ega ekanini anglatadi. Shuningdek, ancha yumshoq korpusga ega bo‘lgan iPhone Air Pro Max ham B sinfi natijasini qayd etgan.

Ta’mirlanish imkoniyatlari bo‘yicha ham iPhone 17 raqobatchilardan orqada qolgan. Sinovlar natijasiga ko‘ra, u S toifasiga kiritildi. Bu Samsung bilan bir xil ko‘rsatkich bo‘lsa-da, Google Pixel bilan taqqoslaganda yomonroq, chunki Pixel B sinfini oldi.

Shu bilan birga, iPhone 17 Pro Max akkumulator jihatidan yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. U energiya samaradorligi bo‘yicha A sinfiga kiritildi va batareyaning ishlash muddati 53 soatga yetgan. Bu ko‘rsatkich ko‘pgina raqobatchilardan yuqori hisoblanadi. Biroq muhim jihat bor: Apple batareyasi atiga 1000 ta zaryadlanish sikliga mo‘ljallangan. Samsung qurilmalari akkumulatorlari esa 2000 siklgacha xizmat qilishi mumkin, bu esa amalda ikki barobar uzoq umr demakdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi iPhone 17 qanday sinovdan o‘ta olmadi?