So‘nggi kunlarda jahon bo‘ylab ayrim mashhur, «millioner» Telegram kanallardagi obunachilar soni keskin kamayib ketishi kuzatilmoqda. Bundan O‘zbekistondan turib yuritiladigan va xalq o‘rtasida ommalashgan ayrim Telegram kanallar ham mustasno emas. Buni Telegram kanallar haqidagi statistik ma’lumotlarni kuzatib boruvchi Telegram Analytics saytida ko‘rish mumkin.
Bir muddat avval Osiyoning janubiy qismida ixtiro qilingan usul — soxta akkauntlar hisobiga kanal obunachilarini ko‘paytirish avj olgan va O‘zbekistondagi ayrim «ko‘ngilochar» Telegram kanallar o‘z obunachilari sonini millionlik ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirib olishgan edi.
Ular bu usuldan foydalanib, reklama beruvchilarning reklamasini aslida yo‘q foydalanuvchilarga go‘yoki namoyish etishga qiziqtirib, aldab kelishayotgandi.
Endi Telegram asoschilari kanallardagi botlar va soxta foydalanuvchilarga qarshi kurash e’lon qilgan ko‘rinadi. Buning oqibatida foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirgan kanallarga «qirg‘in» keldi. O‘tkazilayotgan profilaktika sababli aynan mana shunday shubhali kanallar kuniga 30-60 minglab «foydalanuvchisi»dan judo bo‘lmoqda.
«Obunachilar sonini ko‘paytirish xizmati»dan foydalanmagan kanallarda esa muntazam o‘sish davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?