Shamollash mavsumi: Kasal bo‘lmaslik uchun ratsionga qanday mahsulotlar qo‘shish kerak?
Foto: “Noviy ochag”
Burun oqishi, harorat ko‘tarilishi, terlash kabi simptomlar kasallik boshlanayotganidan darak beradi. Organizmdagi bu kabi alomatlar kishini holdan toydiradi, kuchsizlanishiga olib keladi. Ratsionning to‘g‘ri bo‘lishi va foydali mahsulotlardan iborat taomlarni iste’mol qilish esa immunitetni mustahkamlash va uyquning me’yorda bo‘lishiga katta hissa qo‘shadi.
Moychechakli choy
Moychechakli choy organizmni antibakterial faolligini jadallashtiradi, immunitetni himoya qiladi va uyquni yaxshilaydi. Tadqiqotlardan birida, ona bo‘lgan ayollarning bir necha hafta davomida moychechakli choy iste’mol qilganidan keyin ahvoli yaxshilangani ma’lum bo‘lgan. Ushbu choyni nafaqat issiq, balki sovuq holda ham ichish mumkin. Shuningdek, undan smuzi va suli yormasidan bo‘tqa tayyorlash uchun ham foydalansa bo‘ladi.
Kurkuma
Yallig‘lanishga qarshi samarador bo‘lgan kurkumin, immun hujayralari faolligini va antitananing xususiyatini oshiradi. Yanada foydali bo‘lishi uchun esa uni qora murch bilan qo‘shish tavsiya qilinadi. Ushbu aralashmani smuzi, sho‘rva va sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlarga qo‘shishingiz mumkin.
Quritilgan olcha
Antioksidantlarning koni hisoblangan quritilgan olcha yuqori nafas yo‘llaridagi kasallik bilan bog‘liq simptomlarni bartaraf etadi, immun tizimini mustahkamlaydi. Tarkibidagi melatonin sabab tiniqib uxlash ta’minlanadi. Kishi tiniqib uxlaganidan keyin virus yuqishi va kasallikka chalinish ehtimoli kamayadi.
Yong‘oq
Yallig‘lanishga qarshi eng yaxshi mahsulotlardan biri bo‘lgan yong‘oq immun tizimini mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydigan ozuqa moddalari, xususan, E vitamin va B6 mo‘l bo‘ladi. Stressning nazorat qilinmasligi immunitetga ta’sir qiladi, yong‘oq esa stressni kamaytiradi. Yong‘oq va quritilgan olcha esa nonushta uchun ayni muddao.
Zaytun yog‘i
Antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan zaytun yog‘i ko‘plab yallig‘lanish jarayonlari, qandli diabet, ichak kasalliklari va semirib ketishni oldini oladi. Samaraga erishish uchun salatga zaytun yog‘i qo‘shish kifoya qilinadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring