date

Nega burunda qora nuqtalar paydo bo‘ladi?

Nega burunda qora nuqtalar paydo bo‘ladi?

Ko‘pchilikning burun ustida paydo bo‘ladigan qora nuqtalar (“tochkalar”) ko‘zga oddiy tuyuladi, ammo aslida ular terining ichida sodir bo‘layotgan muammolarning belgisi. Ularni siqib tashlash vaqtinchalik yordam beradi, lekin ildizini topmasangiz, yana chiqaveradi.

1. Yog‘ bezlarining haddan ortiq ishlashi. Teri yog‘ (sebum) ishlab chiqaradi. U ortiqcha bo‘lsa, teshiklarga tiqilib, havodagi chang bilan aralashadi va oksidlanib qora tus oladi.

2. Tozalikka beparvolik. Kun davomida yuzga chang, kosmetika va ter yog‘i to‘planadi. Agar uni kechqurun to‘liq tozalanmasa, teshiklar “yopilib”, qora nuqtalarga aylanadi.

3. Noto‘g‘ri kosmetika tanlash. Yog‘li teri uchun mo‘ljallanmagan krem yoki tonik teshiklarni yanada yopadi. Natijada, nuqtalar soni ko‘payadi.

4. Gormonlar va stress. Stress yoki gormonal o‘zgarishlar ham yog‘ ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Bu ham qora nuqtalarning yashirin sababi bo‘lishi mumkin.

Qanday oldini olish mumkin?

— Yuzni kuniga ikki marta yumshoq vosita bilan tozalang.

— Haftasiga 1–2 marta niqob (maska) yoki “scrub” qo‘llang.

— Yog‘li ovqat va shirinlikni kamaytiring.

— Asosiysi - siqmang! Bu teshiklarni kengaytirib, dog‘ qoldiradi.

Burundagi qora nuqtalar — bu faqat estetik muammo emas, balki terining sizga “parvarish kerak” degan signali. Tozalik, to‘g‘ri ovqatlanish va tinchlik — eng yaxshi davo!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Nega burunda qora nuqtalar paydo bo‘ladi?