date

Ichak salomatligini yaxshilashning besh oson usuli

Ichak salomatligini yaxshilashning besh oson usuli
So‘nggi paytlarda ko‘pchilik ichak sog‘lig‘iga e’tibor qaratmoqda. Chunki ichakdagi milliardlab foydali bakteriyalar hazm jarayoniga, immunitetga, kayfiyat va uyquga ham ta’sir qiladi. Mutaxassislarning aytishicha, bu bakteriyalarni sog‘lom saqlash uchun ularga to‘g‘ri oziq berish, ya’ni tolaga boy mahsulotlarni iste’mol qilish juda muhim.

“Morning Live” dasturi shifokori doktor Xand ichak sog‘lig‘ini yaxshilash uchun qimmat probiotik ichimliklar o‘rniga oddiy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Unga ko‘ra, chips o‘rniga popkorn yeyish, shirinlik o‘rniga quritilgan mevalarni tanlash va go‘shtli taomlarga no‘xat yoki yasmiq qo‘shish foydalidir. Bular ichakdagi foydali bakteriyalar uchun oziq bo‘ladi va hazmni yaxshilaydi.

Shuningdek, shakar va tuz bilan qovurilgan yong‘oqlar o‘rniga tabiiy yong‘oqlarni tanlash, muzqaymoq o‘rniga esa muzlatilgan rezavorlar bilan kefir iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu mahsulotlar tabiiy shirinlik, foydali yog‘lar va tirik bakteriyalar manbai hisoblanadi.

Doktor Xandning fikricha, sog‘lom ichak uchun eng muhimi — tolaga boy meva, sabzavot va tabiiy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilishdir. U probiotik qo‘shimchalarga katta mablag‘ sarflashning foydasi isbotlanmaganini ta’kidlaydi. Eng oddiy ovqat tanlovi ham sog‘lom hazm va yaxshi kayfiyat kalitidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ichak salomatligini yaxshilashning besh oson usuli