date

Efiopiyada birinchi marta Marburg virusi aniqlandi — xavfli holat tasdiqlandi

Efiopiyada birinchi marta Marburg virusi aniqlandi — xavfli holat tasdiqlandi

Efiopiyada birinchi marta Marburg virusi tarqalishi tasdiqlandi. Omo viloyatida, Janubiy Sudan bilan chegaradosh hududda, 9 ta holat qayd etilganini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasdiqladi.

JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Efiopiya sog‘liqni saqlash tizimini “epidemiyaga tez va shaffof javob bergani” uchun maqtadi. Unga ko‘ra, bu mamlakatning virusni nazoratga olishga bo‘lgan jiddiy yondashuvini ko‘rsatadi.

Marburg virusi Ebola oilasiga mansub bo‘lib, odatda isitma, toshma va og‘ir qon ketish bilan namoyon bo‘ladi. Virus asosan infeksiyalangan odamning tana suyuqliklari yoki ular bilan ifloslangan buyumlar orqali yuqadi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, hozircha Marburg uchun aniq dori yoki vaksina mavjud emas, davolash faqat simptomatik — ya’ni dam olish, suyuqlik yetkazish va qo‘llab-quvvatlovchi choralarga asoslanadi.

Afrika CDC rahbari Jan Kaseya Efiopiyadagi holatning Janubiy Sudan chegarasida sodir bo‘lgani va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi zaifligi sababli “jiddiy xavotirli” ekanini ta’kidladi.

Marburg virusi Afrikada ilgari ham Uganda, Tanzaniya va Gvineyada qayd etilgan bo‘lib, o‘lim darajasi 90 foizgacha yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Efiopiyada birinchi marta Marburg virusi aniqlandi — xavfli holat tasdiqlandi