
Nok sog‘lom ovqatlanish ramzi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, bu shirali mevaning ham o‘ziga xos zararli jihatlari bor. Mutaxassislar uni me’yordan ortiq iste’mol qilish sog‘likka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlashadi.
Avvalo, nokda fruktoza miqdori yuqori. Bu esa ortiqcha iste’mol qilinganda oshqozonda gaz to‘planishiga, shishish va ich ketishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, hazm tizimi sezgir bo‘lgan insonlarda bu holat tez-tez uchraydi.
Yana bir jihat — bo‘sh qoringa nok yeyish tavsiya etilmaydi. Chunki u oshqozon shirasini ko‘paytirib, ko‘ngil aynishi yoki og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari, nokning ayrim navlarida organik kislotalar ko‘p bo‘lib, ular tish emalini yemiradi va uzoq muddatda tish sezuvchanligini oshiradi.
Shuningdek, meva yetilmagan holatda yeyilsa, undagi tanin moddalari ichak faoliyatini sustlashtirib, ich qotishiga olib keladi.
Demak, nokni foydali meva sifatida iste’mol qilish mumkin, ammo me’yorda va to‘g‘ri paytda yeyish sog‘lom tananing eng muhim qoidalaridan biridir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!