
Oxirgi yillarda butun dunyo bo‘ylab ommalashgan pufakchali choy yoki tapioka loviyasi bilan ichimlik ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi. Ammo yangi tadqiqotlar bu “modniy” ichimlik unchalik ham zararsiz emasligini ko‘rsatmoqda.
New York Post xabariga ko‘ra, Consumer Reports mutaxassislari turli brendlarni sinab ko‘rishgan va har bir namunada qo‘rg‘oshin izlarini aniqlashgan. Metall miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshmagan bo‘lsa-da, uning mavjudligi ekspertlarni tashvishga solgan.
Tadqiqot bo‘limi rahbari Jeyms Rojersning ta’kidlashicha, bu natijalar tapioka choyidan butunlay voz kechishni talab qilmaydi, ammo uni tez-tez ichmaslik kerakligini ko‘rsatadi. “To‘rt namunadan uchtasida qo‘rg‘oshin miqdori xavotirli darajada edi. Shu bois bunday ichimlikni kundalik emas, balki vaqt-vaqti bilan iste’mol qilish ma’qul”, — deydi u.
Qo‘rg‘oshinning asosiy manbai — tapioka marvaridlari tayyorlanadigan manioka ildizi. Bu o‘simlik ifloslangan tuproqda o‘sganda og‘ir metallarni o‘zlashtirib oladi. Mutaxassislar ogohlantiradi: qo‘rg‘oshin miqdori oz bo‘lsa ham, uning uzoq muddatli ta’siri sog‘liq uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!