
Olimlar so‘nggi tadqiqotda 1472 nafar ishtirokchining miya faoliyatini tahlil qilib, qiziqarli natijaga kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ijodiy faoliyat — xususan video‘yin o‘ynash — miyaning biologik yoshini sekinlashtirar ekan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, geymerlarning miyasi ularning haqiqiy yoshidan o‘rtacha 5–7 yilga yoshroq ishlaydi. Ta’kidlash joizki, bu faqat professional o‘yinchilarga xos holat emas. Tajribada ishtirok etgan oddiy odamlar ham 30 soat davomida StarCraft II: Wings of Liberty o‘yinini o‘ynab, diqqat va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sezilarli darajada yaxshilashgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday ijodiy faoliyat turlari — video‘yinlar bilan bir qatorda raqs, musiqa yoki tasviriy san’at bilan shug‘ullanish ham — miya faoliyatini faol ushlab turish, keksayish jarayonini sekinlashtirish va xotirani mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
Ya’ni, miyani sog‘lom saqlash uchun faqat kitob o‘qish yoki mashq qilishgina emas, balki o‘zingiz yoqtirgan ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish ham yetarli ekan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.