date

Endi tish shikastlansa ham qayta tiklanadi – yangi gel ixtiro qilindi

Endi tish shikastlansa ham qayta tiklanadi – yangi gel ixtiro qilindi

Buyuk Britaniya olimlari tish emalini qayta tiklay oladigan innovatsion gel ishlab chiqdi. Bu yangilik haqida Nature Communications jurnalida e’lon qilingan maqolada ma’lum qilingan.

Yangi preparat tish sirtidagi yoriqlarni to‘ldiradi, emal kristallarining o‘sishini tezlashtiradi va tabiiy himoya qatlamini tiklaydi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, gel tish yuzasida bir necha hafta davomida saqlanib turadi, hatto muntazam yuvilgandan keyin ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Mutaxassislar bu texnologiyani stomatologiyada “haqiqiy inqilob” deb atamoqda. U tish kasalliklarining oldini olish va kariyesni erta bosqichida davolash imkonini beradi.

Insonlar ustida klinik sinovlar 2026 yil boshida boshlanishi, mahsulot esa o‘sha yilning oxiriga borib bozorga chiqishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi tish shikastlansa ham qayta tiklanadi – yangi gel ixtiro qilindi