date

Har kuni iste’mol qilinadigan shakar nega allergiya qo‘zg‘atadi?

Har kuni iste’mol qilinadigan shakar nega allergiya qo‘zg‘atadi?

Shakar allergiyasi — bu har qanday yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat allergiyasi turi bo‘lib, u organizmning shakar moddasiga nisbatan nojo‘ya reaksiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar fikricha, bu holat nafaqat shirinliklarni haddan tashqari iste’mol qilish, balki organizmning ayrim turdagi shakar birikmalarini qabul qilolmasligi bilan ham bog‘liq.

Shakar turli shakllarda uchraydi: glukoza — energiya manbai sifatida tanamiz uchun zarur, fruktoza — mevalarda, laktoza — sut mahsulotlarida, saxaroza esa kundalik foydalaniladigan oq shakarda mavjud. Shu sababli, allergik reaksiya faqat shirinliklardan emas, balki oddiy meva, sut yoki hatto ketchup va dorilardan keyin ham yuzaga kelishi mumkin.

Allergiyaning sababi — immun tizimining shakarga nisbatan noto‘g‘ri javob berishidir. Bunda organizm shakarni xavfli modda deb qabul qiladi va himoya reaktsiyasini ishga tushiradi. Natijada toshma, qichishish, bosh og‘rishi, qorinda og‘riq, nafas olishda qiyinchilik yoki holsizlanish kuzatilishi mumkin.

Tibbiy tadqiqotlarga ko‘ra, bu holat ko‘pincha rafina qilingan oq shakar (ya’ni, qayta ishlangan shakarning sun’iy shakli) bilan bog‘liq. Mutaxassislar bunday holatda shakar miqdorini kamaytirish, tabiiy shirinliklar — asal, steviya yoki mevalardan foydalanishni tavsiya etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Har kuni iste’mol qilinadigan shakar nega allergiya qo‘zg‘atadi?