Qahvaning foyda va xavflari: Salomatlikka qanday ta'sir qiladi?

Salomatlik1 daqiqa o'qish4K
Qahvaning foyda va xavflari: Salomatlikka qanday ta'sir qiladi?

Qahva dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri boʻlib, har kuni 2 milliard piyola iste'mol qilinadi. Biroq, uning foydasi va zarari borasidagi bahslar davom etmoqda. Quyida qahvaning organizmga ta'siri, foydali jihatlari va xavflari haqida ma'lumot beriladi.

Qahvaning foydali xususiyatlari

  • Energiyani oshirish: Kofein charchoqni keltirib chiqaruvchi adenozin retseptorlarini bloklaydi va dofamin ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi, bu xushyorlik va diqqatni oshiradi.
  • Diabet xavfini kamaytirish: Qahva 2-tur diabet xavfini kamaytirishda metabolizmni tezlashtirib va oshqozon osti bezi hujayralarining ishlashini yaxshilashga yordam beradi.
  • Ozishga yordam beradi: Qahva metabolizmni tezlashtiradi va kaloriya yoqilishini ragʻbatlantiradi.
  • Miyani himoya qiladi: Kofein Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi va kognitiv funktsiyalarni yaxshilaydi.
  • Depressiyaga qarshi: Har qoʻshimcha piyola qahva depressiya xavfini 8% ga kamaytiradi.
  • Jigar salomatligi: Qahva jigar kasalliklari xavfini bir piyola bilan 15%, toʻrtta bilan 71% ga kamaytiradi.
  • Umrni uzaytirish: 2-4 piyola qahva iste'mol qiluvchilarning oʻlim xavfi pastroq boʻladi.

Qahvaning xavflari

  • Asabiylik va xavotir: Ortiqcha qahva bezovtalik, yurak urishining tezlashishi va hatto vahima hujumlarini keltirishi mumkin.
  • Uyquga ta'sir: Kofein organizmda 8 soatgacha qoladi, shuning uchun kechqurun qahvadan voz kechish tavsiya etiladi.
  • Kofeinga chidamlilik: Vaqt oʻtishi bilan qahvaning ta'siri kamayadi va koʻproq qahva talab qilinadi.
  • Hazm muammolari: Qahva me'da kislotaligini oshiradi va gastrit yoki yarasi boʻlganlar uchun zararli boʻlishi mumkin.

Qahva tanlash boʻyicha maslahatlar

  • Turka: Turkada tayyorlangan qahva koʻproq kafestol saqlaydi, bu esa xolesterin darajasini oshirishi mumkin.
  • Filtr usuli: Qogʻoz filtrlar zararli moddalarni ushlab qoladi va ichimlikni xavfsiz qiladi.

Xulosa
Qahva foydali ham, zararli ham boʻlishi mumkin. Undan me'yorda (2-3 piyola) iste'mol qilish organizmga naf keltiradi. Biroq, surunkali kasalliklar boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashib, xavfsizroq tayyorlash usullarini tanlash lozim.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?