
Ilm-fan dunyosi yana bir katta qadam tashladi — endi sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratonini ilk bosqichdayoq aniqlash mumkin bo‘ladi.
Olimlar yaratgan Clairity Breast nomli yangi texnologiya oddiy rentgen tasvirlarini tahlil qilish orqali saraton belgilari paydo bo‘lishidan besh yil oldin kasallik rivojlanish ehtimolini aniqlay oladi. Bu esa xavf guruhidagi ayollar uchun yutuqli imkoniyat yaratadi.
Yangi sun’iy intellekt tizimi nafaqat saraton xavfini bashorat qiladi, balki qaysi turdagi profilaktika choralari bemor uchun samarali bo‘lishini ham tavsiya etadi.
Clairity Breast loyihasi mualliflari aytishicha, tizim AQSH Oziq-ovqat va dori vositalari ma’muriyati (FDA) tomonidan rasman tasdiqlangan va yaqin vaqtlarda AQSH klinikalarida amaliyotga joriy etiladi.
Mutahassislar fikricha, bu innovatsiya saratonni erta aniqlash va inson hayotini saqlab qolishda yangi davrni boshlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!