
Amerikalik shifokorlar har bir inson har kuni albatta iste’mol qilishi darkor bo‘lgan uchta mahsulot nomini aytishdi.
Olma
Har kuni iste’mol qilish zarur bo‘lgan eng muhim mahsulotlardan birinchisi olmadir. U antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, tarkibida tabiiy kimyoviy moddalar juda ko‘p. Bundan tashqari, u saratonning ba’zi bir turlari va yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda samarali.
Sabzi
Tibbiyot xodimlari so‘zlariga ko‘ra, sabzi moddalar almashinuvi tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ichak faoliyatini faollashtiradi.
Grek yong‘oqlari
Bu mahsulot qon bosimi va xolesterin miqdorini barqarorlashtiradi.
Parhezshunoslarning fikricha, yuqoridagi uch mahsulot organizm hujayralarini tabiiy tiklovchilar bo‘lib, shuningdek ular ochlik hissini yo‘qotadi, organizmni kerakli vitaminlar va antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, sabzi va yong‘oqlarni yilning istalgan davrida bemalol iste’mol qilish mumkin.
Manba: darakchi.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar