“Sikada” shtammi xavf tug‘diradimi yoki xavotirga o‘rin yo‘qmi?

“Sikada” shtammi xavf tug‘diradimi yoki xavotirga o‘rin yo‘qmi?
Qisqacha

COVID-19 ning "Sikada" (BA.3.2) nomli yangi shtammi 20 dan ortiq mamlakatda aniqlangan, biroq u jiddiy epidemiologik xavf tug‘dirmayapti. Ushbu variant asosan yengil simptomlar bilan kechib, ko‘proq bolalar orasida uchramoqda. Mutaxassislar va Sog‘liqni saqlash vazirligi ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘qligini, O‘zbekistonda esa vaziyat barqaror ekanini ta’kidlamoqda. Faqatgina immuniteti past insonlar va keksalar ehtiyot choralariga amal qilishlari tavsiya etiladi.

COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) deb nomlangan yangi shtammi so‘nggi kunlarda bir qator davlatlarda qayd etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ushbu variant 20 dan ortiq mamlakatda aniqlangan bo‘lsa-da, hozircha u jiddiy epidemiologik xavf sifatida baholanmayapti.

Mutaxassislar fikricha, “Sikada” shtammi asosan yengil kechuvchi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. U Omikron turiga o‘xshash bo‘lib, burun bitishi, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i hamda ayrim hollarda hid va ta’m sezishning yo‘qolishi kabi belgilarni keltirib chiqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shtamm ko‘proq bolalar orasida uchramoqda. Bu holat kattalarda shakllangan immunitet bilan izohlanmoqda. Shu bilan birga, surunkali kasalligi borlar, keksalar va immuniteti past shaxslar ehtiyot choralariga amal qilishi tavsiya etilmoqda.

O‘zbekistonda esa epidemiologik vaziyat barqaror ekani qayd etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sikada” shtammi keng ko‘lamli epidemiya keltirib chiqarishi ehtimoli pastligini bildirib, ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar