Bolalarda yassi oyoqlikka olib keluvchi muhim boʻlgan omillar

Bolalarda yapaloq oyoqlik (ploskostopiye) muammosi koʻp uchraydigan ortopedik holatlardan biri hisoblanadi. Bu holat oyoq kaft qismidagi tabiiy arkani yoʻqolishi bilan tavsiflanadi va vaqt oʻtishi bilan yurishda ogʻriq yoki noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Uning paydo boʻlishiga bir qator omillar sabab boʻladi.
1. Notoʻgʻri poyabzal tanlash
Bolalarda qattiq, juda yumshoq yoki oʻlchami mos kelmaydigan poyabzal kiyish yapaloq oyoqlik rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Ayniqsa, tag qismi umuman qoʻllab-quvvatlamaydigan oyoq kiyimlari xavfli hisoblanadi.
2. Kamharakatli turmush tarzi
Jismoniy faollik yetarli boʻlmaganda oyoq mushaklari zaiflashadi. Bu esa oyoq kaft tuzilishiga salbiy taʼsir koʻrsatib, yapaloq oyoqlikka olib kelishi mumkin.
3. Irsiy va tana tuzilishi omillari
Ayrim bolalarda yapaloq oyoqlik irsiy xususiyat sifatida kuzatiladi. Shuningdek, tez semirish ham oyoqqa tushadigan bosimni oshirib, ushbu holatni kuchaytirishi mumkin.