Rodriqo Neymar bilan ishlash tajribasi haqida gapirib berdi

"Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodriqo o'z vatandoshi Neymardan qanday ilhomlanishi haqida gapirib berdi. 23 yoshli futbolchi terma jamoa safida afsonaviy hujumchi bilan birga to'p surish uning uchun katta sharaf ekanini ta'kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Rodriqo ham Neymar kabi "Santos" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010-yilda Neymar Braziliya terma jamoasida debyut qilganida bor-yo'g'i to'qqiz yoshda bo'lgan.

Oradan to'qqiz yil o'tib, ular terma jamoada jamoadoshga aylanishdi.
«Neymar kabi qahramonim bilan birga o'ynash aql bovar qilmas tajriba bo'ldi. Uning mashg'ulotlari, fikrlashi va muhim o'yinlarga yondashuvini kuzatib, juda ko'p narsani o'rganish mumkin», — dedi Rodriqo GOAL nashriga bergan intervyusida.
Hozirda Rodriqo ham yangi avlod uchun namuna bo'lishga intilmoqda. U San-Paulu chekkasidan chiqib, "Real Madrid" kabi grand klubda 297 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.
Futbolchi yoshlarni maydonda quvonch bilan o'ynashga va intizomli bo'lishga chaqirdi.
Afsuski, Rodriqo tizzasidan olgan og'ir jarohati sababli operatsiya qilindi va bir muddat maydonga tusha olmaydi. Biroq u yanada kuchli bo'lib qaytishga va kelajakda katta g'alabalarga erishishga va'da berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!