Qondagi ferritin tanqisligi qanday muammolarga olib keladi?

Qondagi ferritin tanqisligi qanday muammolarga olib keladi?
Qisqacha

Ferritin organizmda temir zaxirasini saqlovchi muhim oqsil bo‘lib, u gemoglobin hosil bo‘lishi va energiya almashinuvida asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu moddaning kamayishi temir tanqisligi va kamqonlikka olib kelib, immunitet hamda miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ferritin yetishmovchiligi oqibatida insonda tez charchash, soch to‘kilishi, tirnoqlar mo‘rtlashishi va teri rangparligi kabi belgilar kuzatiladi. Mazkur holatga ayniqsa ayollar, bolalar va homiladorlar ko‘proq moyil bo‘lishadi.

Ferritin — bu organizmda temirni zaxira holatida saqlaydigan asosiy oqsillardan biri hisoblanadi. U asosan jigar, suyak iligi va mushaklarda joylashgan boʻlib, qondagi miqdori orqali organizmdagi temir zaxirasi baholanadi.

Ferritin inson salomatligi uchun juda muhim, chunki temir qon hujayralari — gemoglobin hosil boʻlishida asosiy rol oʻynaydi. Agar ferritin darajasi past boʻlsa, organizmda temir tanqisligi yuzaga kelib, kamqonlik (anemiya) rivojlanishi mumkin.

Ferritinning yetarli darajada boʻlishi energiya almashinuvi, immun tizimi va miya faoliyati uchun ham katta ahamiyatga ega. U organizmni charchoq, bosh aylanishi va diqqat pasayishi kabi holatlardan himoya qiladi.

Agar ferritin kamaysa, insonda tez charchash, soch toʻkilishi, tirnoqlarning moʻrtlashishi va terining rangparligi kabi belgilar paydo boʻlishi mumkin. Ayniqsa, ayollar, bolalar va homiladorlar bu holatga koʻproq moyil boʻladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar