Samsung Xitoyda maishiy texnika savdosini to'xtatishi mumkin

Samsung Xitoyda maishiy texnika savdosini to'xtatishi mumkin
Qisqacha

Samsung kompaniyasi joriy yil oxirigacha Xitoy bozorida televizor va maishiy texnika savdosini to'xtatishni rejalashtirmoqda. Bu qaror Xitoydagi kuchli raqobat, ayniqsa Xiaomi va TCL kabi mahalliy brendlarning narx va sifat jihatidan raqobatbardoshligi bilan bog'liq. Biroq, kompaniya Xitoyda muzlatkich, kir yuvish mashinasi va konditsioner ishlab chiqaruvchi zavodlarini saqlab qoladi, ammo bu quvvatlar faqat eksport uchun xizmat qiladi. Samsung hali rasmiy qaror qabul qilmaganini ta'kidlamoqda.

Janubiy Koreyaning "Samsung" kompaniyasi joriy yil yakuniga qadar Xitoy bozorida televizor va maishiy texnika savdosini butunlay to'xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Nikkei nashri o'z manbalariga tayanib xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya rahbariyati ushbu masala bo'yicha yakuniy qarorni aprel oyi oxirida qabul qilishi kutilmoqda.

Mazkur qaror "Samsung" brendining Xitoydan butunlay chiqib ketishini anglatmaydi. Kompaniya mamlakatdagi muzlatkich, kir yuvish mashinasi va konditsioner ishlab chiqaruvchi zavodlarini saqlab qoladi.

Biroq ushbu quvvatlar endilikda ichki bozor uchun emas, balki faqat boshqa davlatlarga eksport qilish uchun xizmat qiladi.

Ekspertlarning fikricha, bunday qadamga Xitoy bozoridagi kuchli raqobat sabab bo'lgan. "Xiaomi", "TCL" va boshqa mahalliy brendlar mahsulot sifatini sezilarli darajada oshirib, ancha arzon narxlarni taklif qilmoqda.

Natijada "Samsung" mahsulotlarining narx bo'yicha raqobatbardoshligi pasayib ketdi.

"Samsung" vakillari hozircha global biznes tuzilmasi muntazam ravishda qayta ko'rib chiqilishini ta'kidlash bilan cheklanmoqda. Kompaniya Xitoydagi faoliyatni tarkibiy o'zgartirish bo'yicha hali rasmiy to'xtamga kelinmaganini ma'lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar