Joriy yil 9 oyi mobaynida UZ hududidagi milliy axborot resurslarining rivojlanish holati tahlil etilganda, domenlar soni 29 mingtaga etib, o‘sish 123 foizni tashkil qilganligi aniqlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligining 2016 yil 9 oyidagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan Hay’at majlisi davomida ma’lum qilindi.
Xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda uMail.uz elektron pochta tizimi foydalanuvchilari soni 367 mingdan oshgan. Majlisda shu bilan birgalikda, joriy yilda ishga tushirilgan “Davra.uz” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari sonini ham oshirish zarurligi qayd etildi. Bu sayt Tas-IX hududida joylashganligi bilan qulaydir.
Majlisda raqamli televideniega o‘tish ham bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. Xususan, joriy yil oxiriga qadar mamlakatimizda 10ta raqamli teleuzatkichlar o‘rnatiladi va raqamli televideniega o‘tish ko‘rsatkichi 88 foizga etishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi