7 459
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlarida juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 dekabrda Samarqandga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevni samimiy qutladi.
"Bu barchasi yuz berganda siz bosh vazir boshchiligidagi katta delegasiyani yuborganingiz juda erishdir. Og‘ir damlarda ham biz bilan birga bo‘lgansiz. Bugun esa siz Birinchi prezidentimiz xotirasini yod etdingiz. Bu Islom Abdug‘anievich va O‘zbekiston xalqiga mutlaq o‘zgacha munosabatingizdir", deb aytdi Shavkat Mirziyoyev.
"Islom Abdug‘anievich siz ShHTda oxirgi marta qanday gaplashganingizni aytib bergandi. U menga aytgandi: "Sen tayyorlan, biz albatta sentyabrda Bishkekka boramiz". Biroq shunday bo‘ldi... O‘ylashimcha, biz hammamiz u aytgan narsalarni bajarishimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
"Bu uch oy ichida sizning ko‘magingizda xalqlarimizda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Ular bu kunlarni juda uzoq kutishgandi. Sizga chin dildan aytaman: menga hattoki Qirg‘izistondan maktublar yozishmoqda. Almazbek Sharshenovich boshchiligida yo‘l ochganimizga minnatdorchilik bildirmoqdalar. Biz olgan sur’atni davom ettirish kerak", deb ta’kidlab o‘tdi O‘zbekiston Prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi