Donald Trampning 2017 yil 20 yanvardagi inaugurasiyasidan keyin AQShning birinchi xonimi uning rafiqasi Melaniya Tramp bo‘ladi. Biroq shu bilan birga siyosatshunoslar Trampga rafiqasidan ko‘ra uning qizi, 35 yoshli Ivanka Tramp ko‘proq ta’sirga ega bo‘ladi, degan fikrni bildirmoqdalar.
Avgustda Trampdan saylovlarda g‘alaba qozonsa qaysi ayolni o‘z jamoasiga olgan bo‘lishi so‘ralganda "Tanlov katta, biroq hamma shubhasiz "Ivankani ol, Ivankani ol" deb aytsa kerak" deb javob bergan.
Ivanka Tramp namoyishlarda ishtirok etib va otasiga qo‘shimcha ovozlarni to‘plashga urinib uni butun saylovoldi kampaniyasi davomida qo‘llab-quvvatladi. Tadbirkor va ko‘p farzandli ayol bo‘lgan Ivanka otasi tomonga ko‘plab ayollarni jalb qila oldi.
Melaniya Tramp emas, aynan Ivanka milliarderning prezidentlikka nomzod sifatida tanishtirilishi marosimida unga hamrohlik qilgan. Vanity Fair jurnali Ivankani "Tramp rafiqasining o‘rinbosari" deb atagan. "Tramp shtabi, ko‘rinishicha, o‘z g‘oyalarini milliarderga uning rafiqasi orqali emas, balki qizi orqali etkazishni afzal ko‘radi", deb yozgan nashr.
Ivanka o‘z ukalari Erik va Donaldga otasining kompaniyasi – Trump Organization’ni va Trump Hotels mehmonxonalar tarmog‘ini boshqarishda yordam beradi. Trampning birorta ham rafiqasi oilaviy biznesga Ivankachalik ta’sirga ega bo‘lmagan. Aytishlaricha, Ivanka kompaniyada eng yirik bitimlarning tuzilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ivanka Tramp o‘z saytida "Men ayollarni ilhomlantirishni va ularga o‘z hayotlarini o‘zlari istagancha, boshqalarga boqmagan holda qurishlari uchun kuch berishni istayman", degan fikrni bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi