Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildiki, Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish — mamlakat uchun yagona variant emas. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishni muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Turkiyadagi Sabah nashri xabar bergan.
Erdo‘g‘an O‘zbekistondan qaytib borgach, mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chog‘ida shu haqda gapirgan. U Turkiya uzoq yillar davomida Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun besamar urinib kelayotganini qayd etgan.
«Evropada Brexit hodisasidan keyin yana shunday hodisalar takrorlanishi mumkin. Shunday fikrlar Fransiya va Italiyada yangramoqda. Bunday holatda Turkiya o‘zini xotirjam tutishi kerak. EI a’zosi bo‘lishni Turkiya uchun yagona imkoniyat sifatida qaramaslik kerak. Men aytaman, Turkiya nega "Shanxay beshligi"da o‘rin egallamasligi kerak?», — degan Erdo‘g‘an..
Erdo‘g‘an ShHTga a’zo bo‘lish masalasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama etganligi to‘g‘risida aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi