AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning rafiqasi Melanya Trampning rasmiy biografiyasida ta’lim haqidagi bandiga ba’zi tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning bo‘lg‘usi birinchi xonimi biografiyasiga ikki sloveniyalik publisist Bojan Pozar va Igor Omerza e’tibor qaratishgach, tegishli tuzatishlar kiritilgan. Bu Melanya Tramp iyulda Respublikachilar partiyasida nutq so‘zlagandan keyin yuz bergan. Shundan keyingi kun Pozar va Omerza Melanyaning "Dizayn va arxitektura" ixtisosligi bo‘yicha yakunlangan oliy ma’lumoti borligi haqidagi axborot haqiqatga mos kelmasligini, chunki u universitetni bir yil o‘qigandan keyin tashlab ketganini aytishgan.
Shundan keyin Melanyaning biografiyasi uning portalidan olib tashlanib, uning turmush o‘rtog‘i Donald Tramp saytida paydo bo‘lgan. Endi unda aytilishicha, asli sloveniyalik bo‘lgan missis Tramp 16 yoshida model sifatida faoliyatini boshlab, Milandagi model agentligi bilan shartnoma tuzgan. Axborotda aytilishicha, u Lyublyana universitetida oliy ma’lumot olishi mumkin bo‘lgan, biroq model faoliyati uchun o‘qishini tashlashiga to‘g‘ri kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi