Bolgariya turizm vaziri vazifalarini bajaruvchi Nikolina Angelkova 2016 yilda Bolgariyaga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar sonining o‘sish dinamikasidan kelib chiqib, bu ko‘rsatkichning yil oxiriga borib, 8 millionga etishi hamda mamlakat aholisi sonidan oshib ketishini taxmin qilmoqda. Bu haqida Kun.uz xabar berdi.
"Biz Bolgariya turizmi tarixida misli ko‘rilmagan kuchli yilni kuzatmoqdamiz. Birinchi to‘qqiz oy ichida Bolgariyaga 7,5 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu esa 2014 yildagi bir yillik ko‘rsatkichdan ko‘pdir", - dedi u Bolgariya turizmi vakillarining UNWTO (jahon sayyohlik tashkiloti) bosh kotibi Tolib Rifoiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
"Agar shu maromda davom etsa, u holda yil oxiriga borib, xorijiy sayyohlar soni 8 million chegarasidan o‘tadi - bu esa mamlakat aholisidan ko‘p degani", - deya aniqlik kiritdi Angelkova.
2014 yil baholariga ko‘ra, Bolgariya aholisi 7,2 million kishidan iborat.
Nikolina Angelkova ikki yil ichida sohaning barqaror rivojlanishida salmoqli natijalarga erishilgani va me’yoriy o‘zgarishlarni qabul qilish jadallashtirilganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi