Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 610ta aviaparvozni bekor qilinganini ma’lum qildi. Bunga noqulay ob-havo, kuchli qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 mingga yaqin aviayo‘lovchi mehmonxonalarga joylashtirilgan, 20 mingga yaqin kishi issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Anadolu agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbulning ayrim hududlarida qor qalinligi 40 sm.ga etmoqda. Bosfor bo‘g‘ozi kemalar uchun yopib qo‘yilgan. Avtomobil yo‘llarini muz qoplagani ko‘plab avtohalokatlarga sabab bo‘lgan, ularda bir necha yirik yuk mashinalari ham ishtirok etgan.
Istanbul shahar ma’muriyati, o‘z navbatida, "Zeytinburnuspor" sport markazi binosida 700 dan ortiq uysizlarni to‘plab, ovqat bilan ta’minlagan. Shu bilan birga, qutqaruv xizmati kunu tun ishlayotgani ta’kidlanmoqda, deb yozmoqda Kun.uz sayti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi