Yaponiya imperatori xonadoni malika Mako Akisino unashtirilayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Hilol.uz ashri. U imperator Akixitoning to‘ng‘ich o‘g‘li Akisinoning qizidir.
25 yoshli malika yuridik firmasining xodimi Key Komuroga turmushga chiqyapti. Ular besh yil muqaddam, universitetda o‘qib yurgan paytda tanishishgan.
Bo‘lg‘usi kuyov aslzodalar oilasidan bo‘lmagani tufayli to‘ydan keyin Mako Akisino malikalik unvonidan mahrum bo‘ladi.
Qonunlarga muvofiq unga davlat tomonidan bir martalik to‘lov to‘lanadi. To‘lov miqdorini esa Bosh vazir ishtirokidagi davlat kengashi hal qiladi.
2005 yilda imperator Akixitoning qizi Sayako Kuroda oddiy odamga turmushga chiqqanida, 150 million iena (1,3 million dollar) olgan edi.
2014 yilda esa imperatorning jiyani – malika Noriko Senge ham oddiy oilaga kelin bo‘ldi va 100 million iena (870 ming dollar) oldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi